Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB YHXB hamda Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida Buxoro viloyatida tashkil etilgan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari uchun mutaxassislar ishtirokida Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida piyoda va haydovchilarning yo‘l harakati davomidagi majburiyatlari, yo‘lda sodir etilishi mumkin bo‘lgan hodisalar, yo‘l belgilari va ularga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarga piyodalar va haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga olib keluvchi holatlar batafsil tushuntirib o‘tilib, “Vatanparvar” tashkilotining bugungi kunda yoshlarni sportning texnik turlariga chorlovchi targ‘ibot dasturlari namoyish etildi.
Mashg‘ulot yakunida, tarbiyalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.