Maʼlumki, bugungi yoshlarni har tomonlama puxta bilim egallashi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini chuqur o‘rganishi dolzarb ahamiyatga ega.. Zamonaviy kasb – xunarga ega yoshlar mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi hisoblanadi. Zero, mehnat bozoriga munosib kasb egalarini tayyorlash ham bugungi kunning ustuvor masalasi sanaladi. Hususan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilarini bandligini taʼminlash, ularni kasb – xunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchi yoshlar bilan Termiz shahridagi yirik korxona va klasterlarga tashrif buyurilib, u yerda yoshlarga yaratilgan shart - sharoitlar va yangidan yangi ishlab chiqarish tizimi texnalogiyalari to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi.