Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va ularning rossiyalik hamkorlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan yurtdoshlarimizning 19 nafar farzandi Rossiyadagi Mehribonlik uylaridan O‘zbekistonga qaytarildi. Begona yurtda bolalar taqdir taqozosi tufayli taʼlim muassasalarida bo‘lishdi. Buning sabablari ko‘p hollarda o‘xshash: bolalarning ota-onalari,yurtdoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaga borib, ko‘p hollarda noqonuniy ishlashgan. Kimdir farzandlarini o‘zlari bilan olib ketishgan, kimningdir bolalari o‘sha yerda tug‘ilgan. Lekin hech biriga hujjatlar rasmiylashtirilmagan. U yerda, o‘z vatanidan uzoqda bo‘lgan noqonuniy mehnat muhojirlari ko‘pincha qiynaladi: ish beqaror yoki umuman ish topishning iloji yo‘q; kimdir ish beruvchilar tomonidan aldanib, ish haqini ololmaydi, boshqa davlat hududida noqonuniy bo‘lgan boshqa shaxslar mahalliy migratsiya xizmatlari tomonidan aniqlanib, o‘z vatanlariga deportatsiya qilinadi. Va bunday hollarda bolalar azob chekishadi ... Shunday qilib, 19 nafar bola Rossiyadagi bolalar uylarida qoldi
Bugungi kunga qadar o‘z yurtiga olib kelingan 19 nafar boladan 6 nafari o‘z oilalariga qaytarildi: besh nafar bolani o‘z otasi, onasi Moskvada baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan to‘qqiz oylik Yodgor, tarbiyalash uchun buvisiga berilgan.
Qolgan 12 nafar bola hozir o‘zlari tug‘ilib o‘sgan yoki ota-onalari yashab turgan hududiy Ichki ishlar organlari qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida, bir nafar chaqaloq esa "Bolalar uyi"da.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar organlari va viloyatlar, tuman hokimliklari bilan yaqin hamkorlikda bolalarning ota-onalari va boshqa qarindoshlarini qidirmoqda. Bolajonlarning taqdiri haqida saytimiz orqali xabar beramiz