O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatining xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi raisi Kadirxanova Malika Akbarovna rahbarligidagi viloyat tashkilotlari ma'sullaridan tuzilgan ishchi guruh Toshkent viloyatda mavjud Oilaviy bolalar uylarida bo'lishdi. Mutasaddilar tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar va ularning ijtimoiy ta'minoti, Oilaviy bolalar uyi ochilishi bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarning qonuniyligi, oilalarni o'rganish bo'yicha tuzilgan dalolatnomalar mavjudligi, shuningdek, bolalarning maktabdagi va qo'shimcha sport, fan to'garaklariga jalb qilinishi, ushbu oilalar va bolalar bilan qarorlarda ma'sul etib belgilangan tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi o'rganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar, takliflar ishchi guruh a' zolari bilan birgalikda muhokama qilinib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni joyida hal qilish choralari ko'rilmoqda.