Milliy urf-odat va an’analarimizni yorituvchi bayram tomoshasiga Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassis psixologlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutasaddilari va tarbiyalanuvchilar tahsil olayotgan maktab ustozlari taklif qilindi.
Mehmonlarga tarbiyalanuvchilar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, shuningdek, an’ana va qadriyatlarni o’zida mujassam etgan milliy raqslar namoyish etildi. Ayniqsa, iqtidorli yigit-qizlar tomonidan jonli ijroda kuylangan sho‘x-shodon qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinkilik va bayram kayfiyatini ulashdi.
Shuningdek, sayil doirasida Jizzax, Surxondaryo va Samarqand hududlariga xos bo‘lgan milliy taomimiz boʻlmish palov tayyorlandi. Albatta, bu jarayon ham bolalarning ishirokisiz qolmadi, yosh oshpazlar tajribali ustozlardan osh tayyorlashning sir-asrorlarini qunt bilan tinglab, so’ngra kattalar rahbarligida doshqozonda osh damlashdi.
Mazkur bahoriy ayyom o’zida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, bir-biridan shirin taomlar, xalq o’yinlari kabi ma’naviy-madaniy boyliklarimizni aks ettirilganligi bilan bolajonlar uchun unutilmas bo‘ldi.