Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyatida Oilaviy bolalar uylarining ota-onalari va farzandlari, shuningdek, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni vasiylikka, homiylikka yoki patronatga olish istagini bildirgan nomzodlar uchun 4-18 fevral kunlari tutingan ota-onalar kursi doirasida mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
Malaka oshirish kurslari davomida ularning kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar nazariy va amaliy tarzda oʻrgatilib, mashg‘ulotlar seminar-trening shaklida tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar tomonidan viloyatdagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari bilan ham psixologik suhbatlar hamda treninglar olib borilmoqda.