Tadbir davomida o‘quvchilarga gvardiyachilarning kundalik faoliyati, jangovar texnika va qurollar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, kinologlar tomonidan xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. O‘quvchilar xizmat otlari maydonida bo‘lib, otlarda sayr qilishdi. Qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy kasbga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.