2023 yilda Farg‘ona viloyatida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning 68 nafariga uy berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugun shunday xayrli ishlarning dastlabkisi Quva tumanida o‘tkazildi.
Tuman hokimligi, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Meliboyev Ikromjonga tuman markazidan barcha qulayliklarga ega xonadon kaliti topshirildi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlarga alohida to‘xtalib o‘tib, barcha yoshlarga kelgusida oldilariga qoʻygan maqsadlarini amalga oshirishlarida ulkan zafarlar tilashdi.
"-Bu yil menga juda omadli yil bo‘ldi sababi, Fargʻona Davlat universitetiga imtiyoz asosida talabalikka qabul qilindim hamda o‘z xohishimga ko‘ra Quva tumani markazidan yangi xonadonga ega bo‘ldim. Kelajakda menga bildirilgan ishonchni albatta oqlab vatanimiz ravnaqini yanada yuksakka ko‘tarishga vaʼda beraman! "-deydi Ikromjon Meliboyev.