“Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

HAYDOVCHILIK KASBI BILAN TANISHUV

28.2.2022 2689

Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi  xodimlari va “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashish tashkiloti vakillari hamkorligida Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va homiylikka olingan o‘smir yoshlar  uchun  Qo‘riqlash boshqarmasining o‘quv maydonchasiga ekskursiya tashkil etildi.

Tadbir davomida, bolalarga yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha darslar nazariy va amaliy tarzda o‘tilib, avtotransportni boshqarishning asosiy qoidalari tushuntirildi.

Shu bilan bir qatorda, tajribali instruktorlar nazorati ostida bolalar o‘zlari mashinani ishga tushirib, mustaqil harakatlantirib ko‘rishdi.

Barcha ishtirokchilar mashg‘ulotlardan mamnun bo‘lishdi va eng muhimi ular haydovchining vazifalari  haqida tasavvurga ega bo‘lishdi. O‘quv mashinasini boshqarishga taklif qilinganlarning aksariyati kasb tanlash  yoshida bo‘lib, bu mashg‘ulotlar ularga mazkur tanlovlarida katta yordam berdi.