Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun musiqali komediya operetta teatriga sayohat uyushtirildi. Mazkur teatrda bolalar Venger bastakori Imre Kalmanning asarlari bilan yaqindan tanishdilar. “Maritsa” operasi o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga boyligi bilan yosh tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.