Sirdaryo viloyatidagi 8 ta oilaviy bolalar uylarida istiqomat qiluvchi 13 nafar 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuni kecha “Zomin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yozgi taʼtilning so‘nggi kunlarini o‘tkazish uchun yetib keldilar. Ushbu oromgoh bu yil hisobidan so‘nggi - oltinchi mavsumida dam oluvchilarni o‘z bag‘riga qabul qilmoqda. Bolalarni oldinda hali yangi o‘quv yili kutmoqda. Oromgohda esa ularni ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari, tanlovlar, gulhan atrofida qo‘shiqlar aytish va albatta Zomin tog‘lari yon bag‘irlarida sayyohat kutmoqda.