“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Urganchda joylashgan “Bolalar uyi” dagi har bir bolajon oʻz oilasiga ega boʻldi.

28.4.2023 3191

Kuni kecha Urganchdagi “Bolalar uyi”ning so‘nggi tarbiyalanuvchisini buvisi oʻz qaramogʻiga oldi...  Bolalar yotogʻi bo‘m-bo‘sh, inshoot noodatiy jimjit edi.  “Farzandlarimiz oʻz oilasiga ega bo`ldi, - tabassum qiladi Bolalar uyi bosh shifokori Lyudmila Dzugayeva.  – Joriy yilning 1-yanvar holati boʻyicha bizda go‘daklikdan 4 yoshgacha boʻlgan yetti nafar bola bor edi.  Toʻrt oy ichida ularning barchasi vasiylikka, Oilaviy bolalar uylariga asrab olindi.  E`tiborli jihati, ularning aksariyatini oʻz onalari olib ketdi. Lyudmila Ruslanovna 22 yildan buyon Urganch shahrida joylashgan Xorazm viloyati “Bolalar uyi”da ishlab keladi va shu vaqt ichida onasi bolasi uchun qaytib kelmagan yoki boshqa yaqin qarindoshlari olib ketmagan holatlarga ham duch kelganini aytib o`tdi. Soʻnggi yillarda muassasaga kelgan bolalar soni kamayishi kuzatilmoqda. – Bu yerda endigina ish boshlaganimda yiliga o‘rtacha 30-35 nafar chaqaloq qabul qilinar edi, – deydi L.Dzugayeva.  – “Bolalar uyi”da 40 ta o‘rinning hammasi hech to‘lmagan, so‘nggi yetti yil ichida bizga keluvchi bolalar sonini kamaytirish jarayoni yanada jadallashib bormoqda.  Menimcha, bu aholi turmush darajasi va sifati, odamlarning huquqiy savodxonligi yuksalib borayotganligidan va albatta, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi kuchaytirilganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, bugungi kunda ayol uchun qiyin moliyaviy ahvol, uy-joy yoki ish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish ancha yengillashdi.  Jamiyatimizning nikohsiz bola tugʻilishiga munosabati asta-sekin oʻzgarib bormoqda.  Xotin-qizlar o‘z huquqlarini faolroq himoya qilmoqda, oʻziga boʻlgan ishonchi mustahkamlanmoqda. "Yosh ayollar tugʻruqxonada bolalardan voz kechishdi, lekin keyinchalik ular oʻz farzandlarini olib ketishdi", deb davom etadi Lyudmila Ruslanovna.  – Ish topishda yordam so‘radik, bolalar nafaqasining yangi tizimi, jumladan, bola tug‘ilishi uchun bir martalik nafaqa to‘lash bo‘yicha maslahatlar oldik. 2022-yil aprel oyidan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar ikki yoshdan qabul qilina boshlandi. Turmushga chiqmagan qizning ota-onasi nabirasi tugʻilganligidan xabar topib, nevarasini olib ketgan holatlar ham boʻldi.  Bizda bor yo`gi bir marta bola ikki yoshgacha tarbiyalangan holat bo`lgan. Boisi bola nogiron bo`lib, uning ota-onasi ham imkonoyati cheklanganlar toifasidan edi va ular Bolani parvarish qila olmagan. Shundan so`ng, bolakayni boricha qabul qilishib, o`z ota-onasi olib ketgan.Urganchdagi “Bolalar uyi” misolida biz yopiq turdagi bolalar muassasalarini deinstitutsionalizatsiya qilish jarayoni qanday “ogʻriqsiz”, optimallashtirishlarsiz, tabiiy tarzda amalga oshishini koʻrmoqdamiz. Xotin-qizlar va bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni himoya qilishning yangi tizimi joriy etilgani tufayli barcha bolalar o‘z oilalariga ega bo‘ldi. Bino, kommunal xonalar, "Bolalar uyi" hududi haqida nima deyish mumkin?  Hammasi Sogʻliqni saqlash vazirligi balansida qoladi.  Kelajakda katta ehtimol bilan bolalar uchun tibbiy muassasa boʻladi.  Ota-onalar farzandlarini bu yerga davolanish uchun olib kelishadi va muassasa yana bolalar  bilan toʻladi. Ammo bu butunlay boshqa hikoya boʻladi, har bir bolaning mehribon onasi va otasi bo`ladi. Ikki yil davomida bolalarni oilalarga joylashtirishning oilaviy va boshqa muqobil shakllarini joriy etish hamda Mehribonlik uylarini deinstitutsializatsiya qilish  bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari bilan Mehribonlik.uz sayti va Telegram   kanali orqali ham tanishishingiz mumkin.