O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

BERUNIY TUMANIDA HAM “OILAVIY BOLALAR UYI” TASHKIL ETILDI

26.11.2021 1288

Maʼrifatparvar bobomiz Abdullo Avloniy: “Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”-deya taʼkidlab, yoshlar tarbiyasiga aloxida eʼtibor qaratgan. Bola tarbiyasi barcha davrlarda muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Chunki, bolalarni tarbiyalash orqali, biz kelajagimizni, ertangi kunimizni tarbiyalaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil avgust oyidagi “Bola huquqlari kafolatlarini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosi yuzasidan izchil islohatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi “Birlik” mahallasi Yu.Rajabiy ko‘chasida yashovchi Atabayev Bahromjon va Xadjibayeva Dilfuzaxonlar o‘zlarining 3ta o‘g‘il, 1 nafar qiz farzandi bo‘lishiga qaramasdan, Xo‘jayli tumanida joylashgan 1 – son Mexribonlik uyidan 5 nafar o‘g‘il farzandni o‘z tarbiyasiga olib, xonadonida “Oilaviy Bolalar uyi”ni tashkil etdi.

Mazkur 1 – son Oilaviy Bolalar uyining ochilish marosimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi buyicha Milliy gvardiya boshkarmasi boshlig‘i polkovnik M.Yusupov, Beruniy tumani hokimi O.Saparboyev, Mexribonlik uyi direktori S.Son, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, xonadon egalarini boshlagan ezgu ishlari bilan tabriklab, iliq tilaklarini bildirib, Milliy gvardiya nomidan tashakkurnoma va sovg‘alarni topshirdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi O.Saparboyev so‘zga chiqib, Beruniy tumanida ilk bora “Oilaviy Bolalar uyi” tashkil etilganligini taʼkidlab, bundan oldin patronaj tarzida bolajonlarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda oila tarbiyasiga berganligi hakida aytib o‘tib, xonadonga sovg‘alarni topshirdi.

O‘z navbatida, Mexribonlik uyi direktori S.Son bolajonlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shu bilan birga, homiylar tomonidan xonadonga sport inventarlari, kompyuter, televizor, kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.

Tadbir davomida tantanali tarzda lenta kesilib, mehmonlar xonadonning tomorqa yer maydoniga bolajonlar bilan birgalikda, “Yashil makon” shiori ostida ko‘chatlar ekishdi.

Bundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari B.Atabayevlar xonadoniga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va bolajonlar bilan bir piyola choy ustida suhbat qurishdi.