O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Bayram kaleydoskopi

3.6.2023 1138

Mamlakatimiz bo`ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Mehribonlik va Oilaviy bolalar uyi o`g`il-qizlari uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.
Konsert dasturi, teatrga ekskursiyalar, istirohat bog‘lari va attraksionlarga sayohat shular jumlasidandir.
Tadbir davomida bolajonlarga ezgu tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, tashkilotchilar har bir bolaga g‘amxo‘rlik va e’tibor qaratib, ularni xursand qilishga harakat qilishdi.
Fotosuratlardagi bolajonlar juda baxtli...
Voqealar shunchalik ko'pki, ular haqida gapirish uchun bir hafta ham yetmaydi. Biz barchasini bir sahifaga jamlashga qaror qildik.

Buxoro viloyati
Milliy gvardiya, hokimiyat vakillari va Labi Hovuz” arxitektura majmuasi rahbariyati tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun “Somoniylar istirohat bog`i”ga sayohat tashkil etildi.
Ekskursiyadan so‘ng bolajonlar bayram dasturxoniga taklif qilinib, esdalik sovg`alari ulashildi.
Milliy gvardiya, hokimiyat vakillari va "Labi Hovuz” arxitektura majmuasi rahbariyati tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun “Somoniylar istirohat bog`i”ga sayohat tashkil etildi.

Bolajonlar Milliy gvardiya “Chavandozlar maktabi” va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga taklif etildi. Tadbirda tashkilotchilar bolalarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirishdi. Mohir chavandozlar tomonidan o’g’il-qizlarga otlarning nasli va ot sporti haqida so‘zlab berilib, ot minish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati
Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi Aralovlar oilasining olti nafar farzandi ta’til kunlarida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Sharq ertaklarini eslatuvchi shaharga bo`lgan sayohat naqadar maroqli o`tganligi suratlarda aks ettirilgan. Buxorodagi muzeylar, maqbaralar va tarixiy-me’moriy majmualar bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ekskursiyadan so‘ng bolajonlar bayram dasturxoniga taklif qilinib, esdalik sovg`alari ulashildi.

Navoiy viloyati
Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Karmana tumanida istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uyiga Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik B.Toirovlar tashrif buyurdi. Mehmonlar bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga sovg‘alar ulashdi.
Bu hali hammasi emas, o`g`il-qizlarni oldinda Navoiy viloyati Bolalar teatriga sayohat kutmoqda edi.

Zarafshon shahri va Tomdi tumanida hokimiyat vakillari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Oilaviy bolalar uyida bayram tadbirlari o‘tkazildi. Bolajonlar va ularning ota-onalariga Milliy gvardiya qo‘mondonining bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi va konsert dasturi namoyish etildi.
Shundan so`ng, barcha o`g`il-qizlar Qo'g'irchoq teatriga taklif qilindi.

Toshkent
Jamoat xavfsizligi universiteti va Uchtepa tumani “Qo`riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan “Namuna” mahallasidagi Oilaviy bolalar uyi turar-joy kompleksida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ijodiy bellashuvlar, qiziqarli sport va intellektual musobaqalar o`tkazilib, sho`x taronalarga boy bo`lgan konsert dasturi namoyish etildi.

Sirdaryo viloyati
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi va Harbiy prokuratura hamkorligida poytaxtga sayohat uyushtirildi.
Tadbir avvalida o`g`il-qizlar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, shundan so`ng, “Anhor – Lokomotiv” istirohat bog‘ida hordiq chiqarishdi. Kunning ikkinchi yarmida bolajonlar Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tgan bayram konsertini tomosha qilishdi.