Vitaminlarga boy bahoriy taomlarimizni tayyorlash sir-asrorlarini boʻlajak bekajonlarga o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan tadbirda shahar, tumanlardan mohir pazandalar, shahar aholisi va mehmonlari ishtirok etdilar.
E'tirof etish joizki, mazkur tadbirga O‘rinovlar hamda Behbutovlar oilasi farzandlari ham tashrif buyurib, qadimiy urf-odat va an'analar bilan boyitilgan taomlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan bir qatorda, festival doirasida xushta'm milliy taomlar savdo yarmarkasi hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.