Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

MEHRGA MUHTOJ BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN KENG ISLOHOTLAR

5.8.2021 1405

Joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasini raisi Q.Rafiqov raisligida Ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisining o‘rinbosari O.Saliyev, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi aʼzolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari, Milliy gvardiya hamda boshqa mutasaddi idoralarning rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida "Ayollar daftari"ning ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar hamda Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan qizlarning muammolari, ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularni hal etish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish chora-tadbirlari muhokama qilinib, masʼullar oldiga bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so‘z olgan Milliy gvardiya  qo‘mondoni R.Djurayev bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni ayniqsa, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. 

Mavzu doirasida,  yurtboshimiz raisligida 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yodga olinib, unda kam taʼminlangan oilalar hamda mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilganligi, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga tanqidiy baho berilganligi va bu borada yangi tizim joriy qilinib, bunga Milliy gvardiya masʼul etib belgilangani to‘g‘rida  fikr yuritildi.

Shundan so‘ng, hozirda Milliy gvardiya tomonidan mehribonlik uylari faoliyatini yana-da takomillashtirish, bu yo‘nalishda tub islohotlarni joriy etish hamda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Ular:

“Mehribonlik uylari” va “Bolalar shaharchalari”ga Milliy gvardiyaning hududiy boshqarma boshliqlari, har bir guruhga malakali ofitser va psixologlar biriktirilayotganligi;

Shuningdek, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiyaning harbiy qismlari, poligonlari, “chavandozlar maktablari”ga olib chiqib, harbiy texnikadan foydalanishga, ot sportiga o‘rgatish, ular uchun yakka kurash, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport to‘garaklarini tashkil etish;

mehribonlik uylariga biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlarni bolalar bilan ishlashga o‘qitish;

bolalarga tarbiya berish, ularni xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sportning nufuzli turlari bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi metodikalarni ishlab chiqish;

buyuk ajdodlarimizni maʼnaviy meroslarini o‘rganish va  ichki turizmni keng jalb etish maqsadida Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Termiz kabi qadimiy shaharlarga sayohatlar tashkillashtirish;

ushbu bolalar orasidan kelgusida “Temurbeklar maktablari”ga, Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish;

hokimliklar bilan birga 14 yoshdan yuqori o‘g‘il-qizlarni, eng talab yuqori kasblarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish;

vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ahvoli, ularning oilaviy sharoitidan haftalik xabar oladigan tizim yaratish;

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari bilan ishlashning yangi tizimini joriy etish orqali ularni  Vatanimizning chinakam posbonlari etib yetishib chiqishlari uchun barcha kuch imkoniyatlarni safarbar etish, asosiy vazifalardan biri etib belgilab olinganligi taʼkidlandi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘z maʼruzasi yakunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda yuqori saviyada bajarilishiga, mehrga muhtoj bolalarni jamiyatda munosib o‘rin egallashlari hamda ularning vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga ishonch bildirdi.