Xiva shahridagi 1-sonli Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilaridan avvalo, nimani o‘rganishni istashini so‘ralganda,ular o‘zlari yaxshi ko‘radigan pishiriqlar– tort, somsa hamda pirog pishirishni o‘rgatishlarini aytdi.
Mashg‘ulotning boshida qizlar xamir qat-qat hamda mazali bo‘lib chiqishi uchun qancha miqdorda va ketma-ketlikda masalliqlarni qo‘shish kerakligini diqqat bilan kuzatdi. Tortlarni bezashga kelganda o‘zlari tashabbus ko‘rsatib, bor mahoratlarini ishga soldi.
Oldinda bo‘lajak bekajonlarni milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha darslar kutib turibdi.