Joriy yilning 20 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahar 12-sonli Mehribonlik uyida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi” katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shaumarova Zilola Abdushukurovna tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida “O‘zimizga pozitiv (ijobiy) yordam beramiz” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Trening jarayonida Mehribonlik uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyachilari va psixologlari ishtirok etishdi.
Trening maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tinglovchilar muloqot qobiliyatlarini yaxshilash, hissiy stressni yengillashtirish, hissiy barqarorlikni, o‘ziga ishonchni rivojlantirish, o‘zini o‘zi qadrlashini oshirishga hamda omad, baxt, yaxshilik va muvaffaqiyat uchun kayfiyatni ko‘tarishni o‘rgandilar.
“Tanlov”, “Baxt kalishi”, “Plyus-minus” va “Yurak tilagi” mashqlari tinglovchilar bilan bajarildi. Shu bilan birga, “Siz o‘zingizga ishonasizmi?” nomli psixologik test ham o‘tkazildi.