Ana shunday murojaat bilan Yashnobod tumani 30-sonli Mehribonlik uyida yo‘l harakati xavfsizligiga doir darslar boshlandi. Mashg‘ulotlar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borildi. Suhbat davomida ishtirokchilarga piyodalar va haydovchilarning vazifalari haqida so‘zlab berilib, nima uchun duch kelgan joyda yo‘l bo‘ylab yugurish mumkin emasligini va hatto piyoda yo‘laklari ham quloqchinlar bilan yurish xavfli ekanligini tushuntirildi.
Bolalar yoshligidan bilishlari kerak bo‘lgan barcha yo‘l belgilari haqida yana bir bor eslatib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, yoshlar ularga berilgan savollarga javob berib, testlar topshirishdi. Mashg‘ulot so‘ngida mutaxassislar o‘g‘il va qizlarning barcha savollariga javob berishib, haydovchilarning maʼlumotlari va hujjatlarini tekshirishi mumkin bo‘lgan planshetni ko‘rsatdi. Bunday noodatiy shaklda olib borilgan dars barchaga manzur bo‘ldi va ular xodimlardan tez-tez kelib turishni iltimos qilishdi.