O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida tushuncha berildi // Respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda “Mehr daftari” tizimining ishlash tartibi va tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda // Milliy gvardiya va FVV yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlari oilaviy bolalar uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirmoqda //Sogʻliqni saqlash-ustuvor vazifa: oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtadilar / / Buxoroda oilaviy bolalar uylardagi tarbiyalanuvchilar teatrga tashrif buyurishdi / / hududlarda mehr daftari tizimining tartibi va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv seminarlari davom etmoqda / / Oilaviy bolalar uylari farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi // 22 sonli “Mehribonlik” uyida “Avtomobilsiz kun: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilamiz va ekologiyani asraymiz” nomli aksiya bo‘lib o‘tdi // Oliy Majlis senatori samarqandlik Raximovlar oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi //Toshkent 22-sonli “Mehribonlik” uyidagi har bir bola o‘ziga yarasha iqtidorli / / “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda 

SANKT-PETERBURGDA FUTBOL BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN XALQARO TURNIRDA 22-SONLI MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI G‘OLIB BO‘LISHDI

14.11.2023 262

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida 2023 yilning 7-13 noyabr kunlari yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida BRICS+ mamlakatlarining V-xalqaro munitsipal Forumi doirasida sport-madaniy Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kongress “Dobrodushniye” bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya fondi tomonidan tashkil etildi. Unda 11-12 yoshli bolalardan tashkil topgan 6 ta davlat ( Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika va O‘zbekiston)dan 12 ta jamoa orasida Toshkent shahrida joylashgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Iqtidorli yosh futbolchilarimiz musobaqaning guruh bosqichi 1-turida Sankt-Peterburg jamoasidan 8:0, 2-turida esa Vorkuta jamoasidan 13:0, Chorak finalda jamoamiz Naziya jamoasidan 15:1 hisobida ustun kelib, musobaqaning yarim final o‘yiniga mardonavor yo‘l olishdi.

Yarim final bosqichida esa O‘zbekiston terma jamoasi Minsk jamoasini 8:0 hisobida mag‘lub etdi. Bolajonlar shu tariqa turnirning finaliga mag‘lubiyatsiz, faqat g‘alaba bilan yetib borishdi.

Finalda Mariupol jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etgan yurtimiz farzandlari musobaqa g‘olibi bo‘lib, faxrli 1-o‘rinni egalladilar.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kecha poytaxtimizdagi Xalqaro aeroportda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi va bir qator idoralar vakillari va Mehribonlik uyi mutasaddilari tomonidan harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida 4-Xalqaro musobaqasida (2010-2011 yillar o‘rtasida) 1-o‘rin, 2023 yil avgust oyida Polshada bo‘lib o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha VIII-Jahon chempionatida 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.